O‘zbekistonda yangi o‘quv yilidan birinchi kurs talabalari kredit-modul tizimi asosida o‘qiydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabulni tashkil qilish va 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilingan.
Ta’lim jarayonini sifatli o‘quv resurslari bilan boyitish uchun salohiyatli professor-o‘qituvchilarni jalb etish muhimligi qayd etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 25 avgustgacha barcha 7 ming 200 dan ziyod fan bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning raqamli uslubiy ta’minotini va masofaviy ta’limga moslashtirilgan o‘quv dasturlarini yaratishi belgilandi.
Kamida 35ta davlat OTMlarida birinchi kurs talabalari uchun o‘qish kredit-modul tizimi asosida tashkil etiladi.
«Taraqqiy etgan davlatlar tajribasi ta’lim dargohlarini zamon talablariga moslashtirmasdan ilmiy va texnologik yutuqlarga erishish qiyin bo‘lishini ko‘rsatmoqda», degan prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shu sababdan joriy yilda nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning kamida 5ta oliy ta’lim muassasasi transformatsiya qilinadi. Bunda asosan tuzilma va o‘qitish texnologiyalari takomillashtiriladi, natijada ular zamonaviy ta’lim beradigan va innovatsiyalarni joriy qiladigan ilmiy dargohga aylantiriladi.
Yig‘ilish yakunida davlat rahbari rektorlar bilan muloqotda bo‘lib, ular aytgan muammolarni hal etish va takliflarini amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin