2 154
Mas’uliyatini anglagan ota bir yo‘la 18 yoshga qadar hisoblangan 96 yarim mln. so‘m mablag‘ni to‘lab berdi
Ma’lumki, sud buyrug‘iga asosan farzandlar moddiy ta’minoti uchun aliment mablag‘larini to‘lab borilishi muhim masala hisoblanadi.
Ayni karantinli davrda ham Bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosining tuman bo‘limlari tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlarning mas’uliyatini oshirish borasida tizimli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ishtixon tumanlararo sudining 2014 yil 19 dekabrdagi buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.Qobilovdan undiruvchi I.Boltayeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish belgilangan edi. Mazkur ijro hujjati Byuroning Nurobod tuman bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lib, aliment to‘loviga majburiyat belgilangan otaga, karantinli davrda ham o‘zining voyaga yetmagan farzandi uchun aliment mablag‘ni to‘lab borishi tushuntirildi.
O‘z navbatida bugun uyda qolayotgan farzandi moddiy ta’minoti to‘lanishi mas’uliyatini anglagan ota biryo‘la 18 yoshga qadar hisoblangan 96 mln. 477 ming so‘m mablag‘ni to‘lab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi. Byuroning tuman bo‘limi tomonidan aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash davom etmoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, yurtimizda majburiy ijro byurosining sa’y-harakatlari bilan undirilib berilayotgan aliment pullari, ushbu pullarga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz onalar va voyaga yetmagan farzandlar ta’minoti uchun otalik mas’uliyatini oshirishi bilan birga, jamiyatda qiyinchilik tufayli paydo bo‘layotgan boqimandalik hamda turli ko‘rinishdagi huquqbuzarliklar sodir etilishini oldini oladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi