2 241
Tanzila Norboyeva mahalla tizimini tanqid qilib, ajratilgan mablag‘lar o‘marilayotganidan tashvish bildirdi
Foto:«Senat.uz»
Bugun bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisida Senat raisi mahalla tizimining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tanqid qilib, koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘lar talon-taroj qilinganidan jiddiy tashvish bildirdi.
« — Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha nimaiki qilmaylik, qabul qilinayotgan farmon, qarorlarning joylardagi ijrosi yuzasidan hozirgi harakatlarimiz betartib tarzda kechmoqda», — dedi parlamentning yuqori palatasi rahbari.
Mahalla tizimining joylardagi quyi tizimlarda faoliyat ko‘rsatayotganlarning aksariyatida eskicha fikrlash, eskicha ishlashdan qutulmayotgani dard ustiga chipqon bo‘layotgani mazmunida gapirar ekan, aholiga ijtimoiy yordam mablag‘lari tarqatilishida ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga amal qilinmayotgani ayrim hududlarda noroziliklar keltirib chiqarayotgani qayd etib o‘tdi. Aholiga ijtimoiy yordam mablag‘lari tarqatilishi ortidan ayrim hududlarda yuzaga kelayotgan noroziliklar yuzasidan birorta deputat yoki senator chiqib fikr bildirmagani ham Tanzila Kamolovnaning e’tiroziga sabab bo‘ldi.
« — Shu o‘rinda yana bir muhim jihatga e’tiborni qaratmoqchiman. Koronavirusga qarshi kurash tadbirlariga ajratilayotgan mablag‘lar, aniqrog‘i Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi mablag‘lari talon-toroj qilinayotgani bizni tashvishlantirmoqda. Xususan, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan umumiy hisobda jamg‘armaning 1 mlrd 750 million so‘mdan ziyod mablag‘i talon-toroj qilingani masalasi ham jiddiy e’tibor qaratishni talab qiladi», — dedi Senat raisi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti