2 038
Andijonda «moyka» ishchisi rahbarga tegishli Spark’ni olib qochib, yuk mashinasini borib urdi
Andijon shahrida 17 yoshli I.O‘. ismli fuqaro o‘zi ishlaydigan avtomobil yuvish shoxobchasidagi rahbarining Spark’ini olib qochib yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilgan.
Qayd etilishicha, 2020 yil 3 avgust kuni tungi soat 03:30 larda Andijon shahri, Furqat ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shoxobchasida og‘zaki kelishuv asosida yollanma ishchi sifatida ishlab kelgan, voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘. fuqaro S.B.ga tegishli Spark’ni olib qochgan.
«Moyka» egasining mashinasini qulflamagani va kalitni o‘t oldirgichda qoldirgani yigitga qo‘l kelgan. U Spark’da kunduz kuni soat 13:30 larda, Andijon tumani, Kelajak avlod ko‘chasida yuk mashinasining orqasiga borib urgan.
Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan voyaga yetmagan 17 yoshli I.O‘.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida voyaga yetmagan I.O‘. protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan, deyiladi department xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi