Mixail Ketskalo
9 avgust kuni AOKAda O‘zbekistonda koronavirus bemorlarini davolash bo‘yicha faoliyat olib borayotgan rossiyalik mutaxassis Mixail Ketskalo ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng mutaxassis Kun.uz muxbiriga kichik intervyu berishga rozi bo‘ldi.
– Mixail Valerevich, O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari maqsadga muvofiq deb hisoblaysizmi?
– Koronavirus yuqtirgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida, afsuski, karantin cheklovlarini maqsadga muvofiq deb bilaman. Men ham, masalan, bu qoidalarga bo‘ysunishga majburman. Mehmonxonadan chiqolmayman, kafe, xiyobon yoki muzeyga borolmayman. Ammo bu cheklovlar zarur, chunki odamlarning to‘planishi koronavirus tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Odamlar bo‘lgan joyga kirayotgan har qanday kishi o‘zi va atrofdagilarni asrash uchun niqobda bo‘lishi kerak. Niqoblar baribir virusdan himoyalaydi. Ijtimoiy masofa saqlash ham foyda beradi. Karantin odamlarni to‘planishdan saqlaydi va bu hozircha foyda bermoqda. Menimcha, hammasi yaxshi bo‘lishini sabr bilan kutish kerak.
– Ko‘pchilik shifokorlar suyuq shakldagi D vitamini koronavirus profilaktikasida samarali ekanini aytishmoqda. Emishki, bu vitamin odamlarni koronavirusga chalinishdan asraydi. Bu borada sizning fikringizni bilmoqchi edik.
– Bu borada faqatgina o‘zimga tegishli fikrimni aytishim mumkin. Moskvada pandemiya boshlangan vaqtda men bemorlarni davolash bilan shug‘ullanganman. Albatta, profilaktika ishlarini ham olib borardik va D vitaminini osma ukol ko‘rinishida qabul qilish ham tavsiyalar qatorida bor edi. Chunki bizda, Moskvada quyosh, ya’ni D vitaminining manbasi yo‘q. Menimcha, O‘zbekistonda bu borada muammo bo‘lmasligi kerak. Ayniqsa hozir, yozda. D vitaminni qabul qilish orqali xotirjam bo‘lsangiz, qabul qilavering, biroq bunga aytarli ehtiyoj yo‘q.
– Matbuot anjumani davomida gidroksixlorin koronavirusning dastlabki bosqichlarida samarali ekanini aytdingiz. Siz bemorlarni bu preparat bilan davoladingizmi?
– Bu gapda kalit so‘z – «boshlang‘ich bosqich». Gidroksixlorinni belgilangan miqdorda qabul qilish taqiqlanmagan. U odamga yaxshi ta’sir qilishi mumkin, lekin bir narsani aytishim mumkinki, bu preparatning 100 foiz samarali ekani isbotlanmagan.
– Oxirgi savol. Bu savol bilan O‘zbekistonga kelayotgan barcha mutaxassislarga murojaat qilamiz. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi ishlariga 10 ballik shkalada qanday baho berasiz?
– Menimcha, hozirgi holatda ishonchli 7 ball. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi
O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda