Foto: «Pinterest.ru»
Rossiyalik shifokor-diyetolog Yuliya Chexonina eng foydali nonushta sirini fosh etdi. «Zvezda» telekanali uning so‘zlarini keltirgan.
Chexonina har kuni birinchi bo‘lib oqsil va uglevodlardan iborat taom iste’mol qilishni maslahat beradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ertalab dasturxonda faqat bitta mahsulot, masalan, bo‘tqa bo‘lishi yaxshi emas. Taomnomada, shuningdek, oqsilli taomlar ham bo‘lishi darkor.
Ekspertning ta’kidlashicha, uglevodlar — odam organizmiga zarur quvvat manbai. Biroq nonushtadan omlet yoki sirnik kabi mahsulotlar chiqarib tashlanadigan bo‘lsa, odam tanasi kunlik oqsil miqdorini yetarlicha qabul qilolmay qoladi.
Oqsil yetishmovchiligi natijasida organizmda ortiqcha yog‘ va uglevodlar ko‘payishi kelib chiqadi.
«Bu esa ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi», — deya ta’kidlaydi Chexonina.
Nonushta — salomatlik garovi. Shuning uchun mutaxassislar tongda to‘laqonli ovqatlanishni maslahat berishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"