
Ayni kunlarda O‘zbekiston Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib boryapti.
Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda CCV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Rustam Ikromov aytib o‘tdi.
«Ayni kunlarda Rossiya va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilyapti. Bugun ham Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan vaksinaning qo‘llanish jarayoni va samarasi xususida xitoylik va o‘zbek mutaxassislari videokonferensiya orqali fikr almashdi. Bu muzokaralar natijasidan kelib chiqqan holda mamlakatda vaksinani qo‘llash darajasini hukumatga ma’lum qilamiz», – deydi R. Ikromov.
O‘zbekistonRossiyaXitoyVaksina O‘rganishKoronavirusga QarshiMutaxassislar Fikr Almashdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar