22:43 / 16.08.2020
2 463

Qo‘llar uchun mo‘ljallangan elektr quritgich koronavirusni o‘ldirishi rostmi?

Qo‘llar uchun mo‘ljallangan elektr quritgich koronavirusni o‘ldirishi rostmi?
Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda muhim savollarga javob qaytarildi.

Savol: SPID (OIV) bilan zararlangan insonlar koronavirusga chalinishda xavf guruhiga kiradimi?
Javob: OIV bilan yashayotgan insonlar, kasallikni o‘tkazib yuborganlar, CD4 darajasi va virusli yuklamalari past bo‘lganlar, shuningdek antiretrovirus davosini olmayotganlar — har qanday infeksiyaga moyil bo‘lib, asoratlarga olib keladi.

Savol: Qo‘llar uchun mo‘ljallangan elektr quritgich koronavirusini o‘ldirish rostmi?
Javob: Yo‘q. Qo‘llar uchun elektr quritgich COVID-19 virusini o‘ldirmaydi.
Infeksiyaning oldini olish uchun muntazam ravishda qo‘llarga tarkibida spirt mavjud antiseptiklar bilan ishlov berish yoki ularni sovun bilan yuvish shart. Yuvilgan qo‘llarni qog‘oz sochiq yoki elektr quritgich yordamida quritish kerak.

Savol: O‘pkani tekshirish uchun qayerga borib MSKT tekshiruvidan o‘tsak bo‘ladi?
Javob: O‘pkani tekshiruvini shifokor maslahatiga ko‘ra bajarish lozim. Mustaqil ravishda o‘tish tavsiya etilmaydi, unga ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatma bor.

Toshkent shahridagi qaysi klinikalarda MRT va MCKT uskunalari borligi, qaysi holatda klinikaga murojaat qilish mumkinligi, tuman kesimida eng yaqin va faoliyat yuritayotgan klinikalar haqida ma’lumot beradigan (71) 200 17 20 Call-markazi faoliyat olib bormoqda. Shu raqamga qo‘ng‘iroq qilib, batafsil ma’lumot olish mumkin.

Savol: Rezinali qo‘lqoplar — jamoat joylarida koronavirusdan himoyalanishda samaralimi?
Javob: Yo‘q. Siz COVID-19 infeksiyasidan o‘zingizni rezinali qo‘lqoplar yordamida himoya qila olmaysiz, bu samara bermaydi.
To‘liq himoyalanish uchun siz qo‘lingizni antiseptik vositalardan foydalanib tozalasangiz, maqsadga muvofiq. Chunki COVID 19 infeksiyasi rezinali qo‘lqoplarni zararlashi mumkin, bu xolat orqali siz yuzingizga infeksiyani yuqtirib olish xavfini tug‘diradi.

Savol: Koronavirus kimlarga yuqmaydi, agar hozirgacha kasallanmaganlar bo‘lsa, undan qanday saqlanish mumkin?
Javob: JSST tomonidan bu kasallikka hamma chalinishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Bugungi holatga to‘xtalsak, niqob taqib yurish va ijtimoiy masofa saqlash hamda imkon qadar o‘zini alohidalaganlarga yuqish ehtimoli pasayadi yoki virus organizmga tushishi kamayadi.

Odamlar bilan muloqotni cheklagan insonlarga yuqmasligi mumkin. Lekin vaqt o‘tib, har bir inson hayoti davomida bu infeksiya bilan baribir to‘qnashadi va shu davrda koronavirusning kasallik chaqirish qobiliyati kamaygan bo‘lsa, yengil kechiradi.

Savol: Korxonada ertadan ishga ruxsat berishsa, xodimlarning tana haroratini o‘lchash uchun qanday termometrdan foydalansak bo‘ladi?
Javob: Tana haroratini o‘lchash 2 xil asbob orqali foydalaniladi:
Termometr — bu asosan tananing terisiga qo‘yib o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
Pirometr — bu tana terisi bilan kontakt qilmasdan o‘lchash. Termometr asosan uy sharoitida foydalanish uchun qulay, chunki uni har bir ishlatilgandan keyin unga antiseptik ishlov berish kerak bo‘ladi, bu esa ko‘p vaqt oladi.

Shuning uchun umumjamoa joylarida — pirometrdan foydalaniladi, u yordamida kontaktsiz ketma-ket bir necha xodimlarning tana haroratini o‘lchash mumkin, qulaylik va gigiyenik nuqtai nazardan, pirometrlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘llar uchun mo‘ljallangan elektr quritgich koronavirusni o‘ldirishi rostmi?