2 822
Bank foydasiga 11 mlrd. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro ishi tamomlandi va 116 mln. so‘m davlat boji undirildi
MIB Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 07.01.2019 yildagi №4-1001-1803/16186-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “Premium Stone Supply” MCHJdan undiruvchi ATB “ASAKA” foydasiga 11 045 876 158,03 so‘m kredit qarzdorligi undirish va undiruvni garovdagi mol mulklarga qaratish hamda qarzdor “Premium Stone Supply” MCHJdan davlat foydasiga 116 mln. so‘m davlat boji undirish haqidagi ijro xujjati kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida ushbu ijro hujjati Qonunning tegishli moddalariga asosan qo‘zg‘atilgan va qarzdorga sud qarori ijrosini bajarishlik uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada qarzdor “Premium Stone Supply” MCHJ tomonidan sud qarori ijrosi bajarilmagan.
Byuroning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan yuqoridagi qarzdorliklarni undirish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib borilgan va buning natijasida joriy yilning 03 avgust kuni qarzdor “Premium Stone Supply” MCHJdan va bank o‘rtasida kelishuv shartnomasi imzolanib, 11 mlrd. so‘m kredit hamda davlat foydasiga 116 mln. so‘mlik davlat boji to‘liq undirilib ijro ishi amalda tamomlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)