06:00 / 19.08.2020
2 321

Dam olish maskanlaridagi narx-navoni pasaytirish bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi

Dam olish maskanlaridagi narx-navoni pasaytirish bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi
Pandemiya tufayli fuqarolar chet davlatlariga dam olishga bora olmagani sababli ichki turizmda narxlar sezilarli o‘sishi kuzatildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov shu haqda ma’lum qilib, Bo‘stonliq va To‘dako‘l kabi dam olish maskanlarida narxlarni pasaytirish uchun ko‘zda tutilayotgan choralarga to‘xtaldi.

«Bu bo‘yicha ham Bo‘stonliqda sezilarli o‘zgarish qilish bo‘yicha davlat rahbarimizdan topshiriq bo‘ldi. Bitta raqam keltirsam, 2020 yilda Toshkent viloyati bo‘yicha turizmni rivojantirishga qaratilgan 47ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bunga qo‘shimcha ravishda Bo‘stonliq tumanida 45ta loyiha yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu, albatta, [dam olish maskanlarida] narx-navoning sezilarli pasayishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi», − dedi Davrukov 18 avgust kuni AOKAdagi matbuot anjumanida.

U, shuningdek, yengil konstruksiyalar va palatkalar asosida tashkil etiladigan dam olish joylari ham narxlar tushishiga omil bo‘la olishini qayd etdi.
Qo‘mitaning ziyorat turizmi bo‘limi boshlig‘i Temur Mirzayevga ko‘ra, sohaga mobil ilovalar va smart texnologiyalarning kirib kelishi orqali ham narxlar arzonlashishini kutish mumkin. Bunday texnologiyalarni ishlab chiqqanlar uchun grantlar ajratilishi rejalashtirilgan.

«Bu ilovalarda Bo‘stonliq bo‘ladimi, hozir rivojlanib borayotgan vodiydagi ziyoratgohlar bo‘ladimi, asosiy turizm klasterlari bo‘ladimi, u yerlardagi xizmatlar, mehmonxonalar, transport xizmatlari va ularning narxlari haqida ochiq va shaffof shaklda ma’lumot olish mumkin bo‘ladi.

O‘sha Bo‘stonliqda masalan 10ta ilova paydo bo‘lsa, odamlarimizni narx bilan aldashga, 2-3 barobar qimmat narx qo‘yilishiga imkoniyat qolmaydi
», – dedi Temur Mirzayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dam olish maskanlaridagi narx-navoni pasaytirish bo‘yicha rejalar ma’lum qilindi