O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 18 avgustga qadar 578 710 nafar o‘quvchining hujjati qabul qilindi. Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, bu 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul rejasining 90 foizidir.
Shundan xalq ta’limi tizimidagi maktablarga 577 304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan. O‘quvchilarning aksariyati — 96,4 foizi o‘z mikrohududidan qabul qilingan (558 140 nafar bola).
Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yili yilida Xalq ta’limi vazirligi 650 116 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirgan. Qabul jarayoni 25 avgustga qadar davom etadi.
Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni «qabul.maktab.uz» orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi