2 271
Milliy gvardiyaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 27 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
2020 yil 17 avgust kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 2000 yilda tug‘ilgan S.B. ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.
U 2020 yilning yanvar oyida Urgut tumanida yashovchi tanishi U.Sh. uni Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasida yuqori lavozimda ishlovchi “L.” ismli tanishi orqali Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirishini aytib, 2020 yilning yanvar oyidan iyul oyining oxiriga qadar bo‘lib-bo‘lib jami 27.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni talab qilib olib, uni ishga kiritmasdan yana 300 AQSH dollari berishini so‘rab kelayotganligini ma’lum qilib, U.Sh. va “L.” ismli shaxslarga nisbatan qonuniy chora ko‘rishini so‘ragan.
Arizaga asosan, 2020 yil 17 avgust kuni soat 15:00larda Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi va Milliy gvardiya Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 1998 yilda tug‘ilgan, Urgut shahrida yashovchi U.Sh. ariza muallifi S.B.dan 300 (uch yuz) AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, U.Sh. hech qanday “L.” ismli shaxsni bilmasligi, S.B.ning pulini qo‘lga kiritish maqsadida o‘zini ovozini o‘zgartirib, unga o‘zini “L.” deb tanishtirib, boshqa raqam orqali telefonda gaplashib kelgan. S.B.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritaman deb, aldov yo‘li bilan 27.200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritib, o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda