3 222
Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlaridan vafot etgan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov qabrini ziyorat qilish chog‘ida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Prezident O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari Usmonxon Alimov va boshqa diniy ulamolardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni odamlarga tushuntirishni so‘radi.
«Hamma mo‘min-musulmonlarga iltimos qilishimiz kerak. O‘zini asrash-avaylash. Har bir inson o‘ziga qarasa, eson-omon o‘tib ketamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Ko‘ryapsiz-ku, JSST ikki yil deyapti (pandemiya davomiyligi — tahr). Ikki yil degani, biz o‘rganishimiz kerak shunga. Yig‘ilmaslik kerak. Tug‘ilgan kun, to‘ylar, hammasi bo‘ladi, Xudo xohlasa. Mustaqillikni ham uyda o‘tkazamiz, boshqa iloj yo‘q.
Maktablarni ochishimiz kerak. Qanday ochamiz? Nevaralarimiz bor, bolamiz bor. Qanday ularni jo‘natamiz?», — dedi Prezident.
Davlat rahbari odamlarga bolalarini, katta yoshli yaqinlarni ehtiyot qilishi kerakligini yetkazish zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi