O‘zbekiston fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.
Qonun bilan «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlarda serjant harbiy unvoni o‘rniga quyidagilar joriy etildi:
III darajali serjant;
II darajali serjant;
I darajali serjant.
Qonun bilan serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilarni harbiy unvondan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilganligi uchun boshqa intizomiy jazo choralari yetarli bo‘lmagan taqdirda, sudning yoki vazirlik va idoralar rahbarlarining qaroriga ko‘ra mahrum etish mumkinligi belgilandi.
Shu bilan birga, harbiy kiyimda yurish qoidalari harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari tomonidan belgilanishi ko‘zda tutildi. (ilgari Mudofaa vazirligi vakolatida bo‘lgan)
Shuningdek, Qonun bilan harbiy xizmatga qabul qilish va harbiy xizmatdan bo‘shatish mezonlari aniq belgilab berildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi