20:21 / 29.08.2020
2 432

Prezident Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlarini borib ko‘rdi (foto)

Prezident Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlarini borib ko‘rdi (foto)
Shavkat Mirziyoyev davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari hamrohligida Toshkent shahridagi bunyodkorlik bilan tanishmoqda. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi transport ob’ektlari, yo‘llar, korxonalar ishga tushirilishi kutilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, birinchi manzil Toshkent metropolitenining Yunusobod yo‘nalishi bo‘ldi. Davlat rahbari «Bodomzor» bekatidan yangi «Turkiston» bekatigacha poyezdda borib, amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. «Bu yo‘l hamma narsani tezlashtiradi. Harakatni ham, iqtisodiyotni ham, hayotni ham», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ushbu metro yo‘nalishining ikkinchi bosqichi qurilishi Prezidentning 2016 yil 7 noyabrdagi qaroriga muvofiq boshlangan edi. Shavkat Mirziyoyev bu yerga bir necha bor kelib, ishning borishi bilan tanishgan. Loyihaning umumiy qiymati 103,8 million dollar bo‘lib, qariyb 3 kilometr metro yo‘li hamda «Yunusobod» va «Turkiston» bekatlari barpo etilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
«Bu yo‘lni qurish oson bo‘lgani yo‘q. Mablag‘ topib, chet eldan mutaxassislar olib kelib, loyihani sinchiklab ko‘rib chiqdik. Ikki yil davomida qurilish bo‘ldi. Eng muhimi, bu transport arzon, xavfsiz, qulay», — deya mazkur bunyodkorlik ishlarining tarixini yodga olgan Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bu transport tarmog‘i iqtisodiyot va ekologiya jihatidan ulkan ahamiyatga ega. Xususan, mazkur ikki bekat orqali kuniga 7,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Natijada avtobuslar yo‘nalishi optimallashib, avtomobillar tirbandligi kamayadi. Yiliga 5,3 ming tonna zararli gaz atmosferaga chiqishining oldi olinadi.

Toshkent metropolitenidan kuniga 240 ming yo‘lovchi foydalanadi. Jami 21 kilometrdan iborat uchta yangi Yunusobod, Sergeli va Qo‘yliq yo‘nalishlari qurilishi natijasida yana 150 mingdan ziyod kishi qamrab olinishi rejalashtirilgan.








arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Toshkent metrosining Yunusobod yo‘nalishidagi yangi qurib bitkazilgan bekatlarini borib ko‘rdi (foto)