19:15 / 29.08.2020
2 181

205 gramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

205 gramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.T. noqonuniy tarzda 7 dona selofan paket parchalariga o‘ralgan, o‘ziga xos, o‘tkir hidli, qovurilgan “nasha” giyohvandlik vositasini fuqaro K.A.ga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, fuqaro X.T. bir dona sellofan paket parchasiga o‘ralgan qovurilgan “nasha” giyohvandlik vositasini tadbir ishtirokchilariga taqdim qildi. Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.T.ning vaqtincha yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirilganida, xonadonda “nasha” giyohvandlik moddasining barglari borligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida 195 gramm qovurilgan “nasha” giyohvanlik vositasi va og‘irligi 10 grammni tashkil etuvchi “kannabis” o‘simligi barglari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 205 gramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasi fosh etildi