
2020 yil 31 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 41787 (+136) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 128 nafari Toshkent shahrida, 6 nafari Toshkent viloyatida hamda 2 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli F.M. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 132 nafar, Toshkent viloyatida 109 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar hamda Namangan viloyatida 3 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 39068 (+249) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 2400 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
KoronavirusO‘zbekistonToshkentSog‘liqni SaqlashVafot EtganlarYangi Kasallanishlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar