Bugun, 2 sentabrdan boshlab 2020/2021 o‘quv yili rasman boshlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.
Respublika oliy ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida masofaviy shaklda onlayn tarzda yo‘lga qo‘yiladi.
Avvalroq, davlat OTMlarida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishi xabar qilingandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan takliflar ishlab chiqildi.
Unga ko‘ra, 2020/21 o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi.
OTMlar tomonidan yetim, chin yetim, nogiron bo‘lgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» ro‘yxatidagi oilalar farzandlari bo‘lgan talabalarga kontrakt to‘lovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam ko‘rsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablag‘lari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 mln so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va OTMlarda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan 4 mingdan ortiq talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash orqali moddiy yordam ko‘rsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.so‘mdan 3,4 mln.so‘mgacha miqdorni tashkil etadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"