14:11 / 05.09.2020
3 504

Bu yilgi paxta terimi uchun to‘lanadigan haq miqdori ma’lum bo‘ldi


Bu yilgi paxta terimi uchun to‘lanadigan haq miqdori ma’lum bo‘ldi
1 kilogramm paxta birinchi terimda 1000 so‘m, ikkinchi terimda 1 400 so‘m bo‘ladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, paxta mavsumida yaxshi teradigan terimchilar kuniga 100-120 ming so‘m atrofida daromad olishlari mumkin.

«Paxta teruvchilar 2 xil bo‘ladi. Birinchisi, o‘z manzilida paxta teradiganlar, ikkinchisi esa boshqa hududlardan kelib terimga yordamlashadiganlar. Barcha terimchilar uchun mehnat sharoitlari tashkillashtiriladi.

Terimga, avvalambor, ishsizlar: yoshlar, xotin-qizlar, xohish bildirsa, keksalarni ham jalb qilamiz
», dedi Bahodir Umrzoqov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yilgi paxta terimi uchun to‘lanadigan haq miqdori ma’lum bo‘ldi