Davlat test markazi 2-3 sentabr kungi test sinovlarida test topshiriqlari rasmga olinib, internetda tarqalgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi.
Kompyuter taqsimotidan aniqlanishicha, ushbu savollar kitoblari quyidagi guruhlarga yuborilgan:
- 2 sentabr kuni Farg‘ona viloyati 4-sektor (Marg‘ilon shahri)da 1-smenada test topshirishi belgilangan 159-guruh;
- 3 sentabr kuni Andijon viloyati 6-sektor 1-smenada test topshirilish belgilangan 125-guruh;
- 3 sentabr kuni Xorazm viloyati 1-sektor 1-smenada test topshirilish belgilangan 26-guruh.
«Tezkor harakat asosida holatni amalga oshirgan abituriyentlarning barchasi aniqlangan va ularning uch nafari jarayon davomida, bir nafari jarayondan keyin chetlatilgan», – deyiladi DTM xabarida.
Markaz 5 sentabr kuni Toshkentda nazoratchining abituriyentga yordam bergani holati aniqlangani haqida ham xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda, haqiqatan ham 5 sentabr kuni poytaxtdagi Talabalar shaharchasi xiyobonida, 1-smenada o‘tkazilgan test sinovlarida qoidabuzarlik yuz bergani yetarli dalil-isbotlar bilan tasdiqlangan.
«Ushbu jarayonga daxldor barcha shaxslar aniqlandi va chora ko‘rilishi uchun tegishli tashkilotga taqdim etilgan», – deyiladi xabarda.
Avvalroq O‘TM guruh nazoratchisi parta tagiga narsa qo‘ygani aks etgan videoga ham izoh berib, nazoratchi parta tagiga telefon yoki boshqa taqiqlangan buyum emas, tibbiy niqob ekanini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?