00:23 / 07.09.2020
4 949

Ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib chiqqan ayol aslida ekstremistik, terroristik da’vatlar bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib chiqqan ayol aslida ekstremistik, terroristik da’vatlar bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi
Joriy yilning 30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro murojaati aks etgan video xabar tarqatildi. Unda ayol IIB xodimlari tomonidan ular yashagan xonadon tintuv qilingani, shuningdek, ularga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lingani haqida murojaat qilib chiqqan.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qildi.
2020 yil 11 iyun kuni Chirchiq shahar IIB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan ma’lumotga asosan, Toshkent viloyati IIBB TEQKB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida, Toshkent shahri Chilonzor tumanida ro‘yxatda turib, Chirchiq shaharda yashovchi, oilali 3 nafar farzandi bor 1982 yilda tug‘ilgan G.B. youtubeʼ internet tarmog‘i orqali “Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan ekstremistik va terroristik ruhdagi videoroliklarni doimiy ko‘rib kelishi, telegaramʼ tarmog‘ida ular tomonidan yuritiladigan guruhlarga a’zo bo‘lib, doimiy ravishda ekstremistik, terroristik ruhdagi da’vatlar aks etgan materiallarni eshitib, saqlab va o‘zining tanishlariga muntazam tarqatib, targ‘ib qilib kelganligi aniqlangan.

Shu bilan birga, qizi 2003 yilda tug‘ilgan (maktab o‘quvchisi) X.U.foydalanib kelgan telefon xotirasida ekstremistik ruhdagi audio-video materiallar, youtubeʼ sahifasida saqlangan xalqaro terroristik tashkilotlar videoroliklari, ekstremistik da’vatlar aks etgan fayllar borligi, ushbu telefon apparatidan oldin o‘zi (G.B.) foydalanganligi va yuklab olganligi aniqlangan. Shuningdek, u qarindoshlari tomonidan ochilgan telegramʼ guruhiga ham turli ekstremistik ruhdagi ma’ruzalarni tarqatib kelgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosasida G.B. ga tegishli bo‘lgan telefon apparatlari xotirasidagi ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘irilganligi, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash ta’qiqlanishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro G.B. ga nisbatan 2020 yil 30 iyun kuni Chirchiq shahar IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaroning oilaviy ahvoli va boshqa holatlar inobatga olinib, unga «tilxat» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Shu o‘rinda fuqarolardan, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki ishlar tizimini obro‘sizlantirishga qaratilgan, tekshirilmagan yoki bir tomonlama o‘rganilgan axborot va xabarlarni tarqatmasliklarini, bu kabi holatlarda rasmiy manbalar orqali holatga aniqlik kiritishlarini va olingan ma’lumotlarni xolis yetkazishlarini so‘raymiz, deyiladi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarda murojaat qilib chiqqan ayol aslida ekstremistik, terroristik da’vatlar bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi