2 053
Qo‘qon Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo‘limi hamda IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda fuqaro Sh.T. fuqaro N.U.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo‘qon Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Davlat test markazining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda fuqarolar S.A., F.Yu. va X.A.lar test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtiyoz uchun www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirganliklari aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”