Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Davlat ekologiya qo‘mitasi, Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazi nodavlat notijorat tashkiloti hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Qizil kitobi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitobiga kiritilgan va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan noyob qush – yo‘rg‘a tuvaloqlar 2020 yil 2-3 sentabr kunlari Navoiy viloyatining Tomdi, Konimex va Uchquduq tumanlarining cho‘l hududlariga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, tabiat qo‘yniga 800 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Dubay amirligi tomonidan tashkil etilgan hamda moliyalashtiriladigan Amirliklarning yo‘rg‘a tuvaloqni asrash markazida ko‘paytirilgan.
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Markaz 2008 yilda o‘z faoliyatini boshlagandan buyon jami 14 mingdan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiat bag‘riga uchirilgan.
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan. Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960 yillardan boshlab qisqarishni boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak”
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi