2 394
«Rossiyaga ketishdan oldin kasb va til o‘rgatiladi» - O‘zbekistonda yangi migratsiya tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda
Bugun, 8 sentabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Rossiyada vaqtincha ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Senatning hukumatga kiritgan so‘rovnomasi muhokama etildi. Tadbirda vazir o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi joriy etilayotgan migratsiya tizimi haqida ma’lumot berdi.
"Rossiyaga borgan o‘zbek migranti patent olishni 25 kun kutadi. Patent bo‘lmasa ishlay olmaydi. Bu borada hukumatlararo kelishuvga erishish uchun yaqinda Rossiyaga jo‘nab ketyapmiz. Tubdan yangi bo‘lgan, xavfsiz va qonuniy migratsiya tizimi yaratilyapti. Bu 3ta yo‘nalishdan iborat.
Birinchisi, xorijda ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolarni ketishidan oldin tayyorlash. Ya’ni kasb va xorijiy tillarni o‘rgatib, ularga ishlash uchun chet elga borishiga yordam berish.
Ikkinchisi, xorijda ishlayotgan paytida ularning huquqlarini himoyalash va qo‘llab-quvvatlash.
Uchinchi yo‘nalishda vatanga qaytganidan keyin mahalliy mehnat bozoriga reintegratsiya qilish, ya’ni bandligini ta’minlash.
Rossiya misolida olsak, bu mamlakatda ishlash istagini bildirgan 2 mingdan ortiq fuqarolarni respublikadagi 33ta markazda kasb-hunarga o‘qitishni yo‘lga qo‘ydik.
Yaqin kunlarda rus tili kurslarini ham tashkil qilamiz. Buning uchun Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti vakillarini O‘zbekistonga taklif etganmiz. Ular kelib hozirda har bir viloyatni aylanib, markazlarga mahalliy o‘qituvchilarni jalb etishmoqda. Yangi metodikalarni o‘rgatishyapti.
Bundan tashqari, sug‘urta polislarini rasmiylashtira boshladik. Mazkur sug‘urtalar to‘lovlari vazirlik huzuridagi jamg‘arma tomonidan qoplab berilyapti", - deydi Erkin Muhiddinov.
2020 yil iyun holatiga ko‘ra, 2 milliondan ortiq o‘zbekistonlik turli davlatlarga ishlash uchun ketgan. Ulardan 1,6 million kishi Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi?