1 885
Yunusoboddagi xonadondan 33 mln so‘mdan ortiq taqinchoqlarni 4 daqiqada o‘g‘irlab chiqqan ayol ushlandi
Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida o‘g‘rilik sodir etgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yilning 19 yanvarida soat 12:42 dan 12:46 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Yunusobod tumani Avaz O‘tar ko‘chasida joylashgan uylarning biriga kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va 33 million 380 so‘mlik turli xil ayollar taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «b,g» bandlari (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib ancha miqdorda o‘g‘rilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni 37 yoshli ayol X.S. sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan shaxsiy kafillik tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Global Janub kimniki?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi