3 470
Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva qanday hollarda virus ko‘p yuqayotganini ma’lum qildi
Turli xil marosimlar, to‘ylar, tadbirlar, tug‘ilgan kunlar koronavirus yuqishining eng asosiy omili hisoblanadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Sevara Ubaydullayevaning ma’lum qilishicha, turli xil marosimlar, to‘ylar, tadbirlar va tug‘ilgan kunlarni karantin qoidalariga zid ravishda o‘tkazish kasallik yuqish yo‘llarining eng asosiy omili bo‘lmoqda.
«Tadbirlarda oila a’zolaridan tashqari bir necha tanish-bilish va viloyatlardan bir-biriga yaqin tanish bo‘lmaganlarning kelishi kasallikni sog‘lom odamga yuqish ehtimolini ko‘paytirib beradi. Kasallikni simptomlarsiz kechirayotgan insonlar bilan birga aloqada bo‘lib qolib, biror bir yig‘inda, bir dasturxon oldida o‘tirib, to‘y yoki tug‘ilgan kun tugagunicha birgalikda ikki metr ijtimoiy masofani saqlamagan holda muloqotda bo‘lish virusning yuqishini kuchaytirmoqda», – dedi mutaxassis.
Sog‘lom inson tibbiy niqoblarsiz yarim soatdan ortiq kasal odam bilan muloqotda bo‘lsa, organizmga shunchalik ko‘p miqdorda virus tushadiki, oylar davomida virusdan qutilish qiyin kechadi.
«Shuning uchun aholidan imkon qadar tadbirlarga ko‘p odamlarni jalb qilmaslik va karantin qoidalarga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qolar edik», – dedi u.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 8 sentabr kuni kasallanganlar soni ham, o‘limlar soni ham ko‘paygani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Toshkent shahrida tez yordamga chaqiruvlar ortgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi