08:00 / 13.09.2020
2 093

SSV koronavirus bo‘yicha kunlik statistikani e’lon qildi

SSV koronavirus bo‘yicha kunlik statistikani e’lon qildi
Shu yilning 12 sentabr kuni mamlakatimizda 578 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 2 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Xorazm viloyatlarida jami 488 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 46 850 nafar bemordan 43 511 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 953 nafar bemordan 475 nafari og‘ir, 231 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SSV koronavirus bo‘yicha kunlik statistikani e’lon qildi