Foto: «Pixabay.com»
Olimlar kuz faslida dunyoga kelgan go‘daklarda astma, allergiya va kuzgi isitmaga moyillikni aniqlashdi. Bu haqda doktor Jessika Xuey ma’lumotlariga tayanib «Daily Mail» xabar berdi.
U Kolorado shtatidagi tibbiyot markazida ishlaydi. Shifokorning jamoasi «kuzgi» bolalarda bunday xastaliklarga moyillik kuchli bo‘lishini aniqlashdi. Ularni ko‘pincha atopik marsh — allergik reaksiyalar qo‘zg‘ab, jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Mutaxassislar buni bakterial muhit bilan izohlashmoqda.
Olimlarning fikricha, allergiya go‘daklikda, bolaning quruq va yorilgan terisi orqali allergenlar o‘tadigan paytlarda paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda olimlar kuzda bolalarning terisi qanchalik himoyalanganini tekshirishmoqda.
«Agar erta yoshda, ya’ni tug‘ilgan zahoti vaziyatga aralashadigan bo‘lsak, atopik marsh rivojlanishini to‘xtatib qolishimizga yordam beradi», — deb tushuntiradi doktor Jessika. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi