So‘nggi yillarda O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik bazasini mustahkamlash, bu boradagi xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, 2020 yil 22 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonda inson huquqlari bo‘yicha milliy strategiyaning inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vazifalari va yo‘nalishlari belgilab berildi. Bular:
– 2030 yilgacha O‘zbekistonning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;
– O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakat qatoriga kirishini ta’minlash;
– inson huquqlari buzilishiga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish;
– shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hukuqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshkaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish va hokazo.
Shu bilan birga mamlakatda fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Yoshlar – kelajagimiz» kabi 20 dan ortiq davlat dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda.
Kambag‘al oilalar, nogironlar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ishlar qayta ko‘rib chiqildi. Gender tenglikni ta’minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019 yilda qabul qilingan «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlar shular jumlasidandir.
Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz farovon turmush kechirishi uchun sharoit yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Shuxrat Allambergenov,
Nukus tumani prokurori
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Nukus tumani prokurori
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi