Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 15.02.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdorlar “RUSNUR” MCHJ, R.Xoliqov va R.Quryazovlardan solidar tartibda undiruvchi “Turonbank” filiali foydasiga jami 145.434.000 so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan qarzdor R.Quryazovga tegishli “Lasetti” rusumli avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 14.04.2019 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida R.Quryazovga tegishli bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasiga nisbatan 08.05.2019 yilda qidiruv e’lon qilingan.
Byuroning Urganch shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari natijasida mazkur transport vositasi saqlanib turgan joyi aniqlanib, vaqtincha saqlash maqsadida “Turonbank” filialiga olib borilishi ta’minlangan.
Hozirda, Byuroning Urganch shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuzasidan qarzdorligini bartaraf qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qo‘lga tushgani rad etildi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi