22:35 / 16.09.2020
1 811

Urganchda giyohvandlik vositalarining “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi

Urganchda giyohvandlik vositalarining “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi
Giyohvandlik insoniyatni tanazzul botqog‘i sari boshlaydigan eng xavfli illat hisoblanadi. Chunki eng vahshiy qotillik va xunrezliklar ko‘p hollarda giyohvandlik vositalari ta’siriga tushib, o‘zligini tamoman yo‘qotgan odamlar tomonidan sodir etilayotgani hech kimga sir emas.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy oldi sotdisiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida fuqaro F.O. Urganch shahri hududida shartli xaridorga og‘irligi 31,07 gramm bo‘lgan “opiy” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shundan keyin, fuqaro F.O.ning yashash xonadoni ham ko‘zdan kechirildi. Natijada, ushbu shaxs o‘z yashash xonadonida 3,19 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini hamda giyohvandlik moddalarini o‘lchashda foydalaniladigan 1 dona qora rangli elektron tarozini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

O‘tkazilgan tadbir davomida jami og‘irligi 34,26 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro F.O.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273–moddasi 5–qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda giyohvandlik vositalarining “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi