12:10 / 18.09.2020
2 614

Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi

Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Toshkent—Termiz yo‘nalishidagi M-39 xalqaro avtomobil yo‘li sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlanmoqda, deya xabar beradi Toshkent viloyati IIB YHXB axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatida yil boshidan buyon sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalarining 209 tasi sutkaning qorong‘i vaqtida, 141 tasi esa kech soat 19:00 dan tungi 24:00 gacha bo‘lgan ayni transportlar tig‘iz vaqtda, 68 tasi tungi soat 24:00 dan ertalabki 06:00 gacha sodir bo‘lgan.

Tunda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarining 67 tasi yoki 32,3 foizi sun’iy yoritilmagan yo‘llarda sodir etilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Masalaning ana shu tomonlarini inobatga olgan holda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mutaxassislari ko‘chalarni sun’iy yoritish chiroqlari bilan jihozlash orqali yo‘l-transport hodisalari sonini kamaytirishni rejalashtirib, bu yo‘nalishda bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.

«Asosiy e’tibor M-39 Toshkent—Termiz xalqaro avtomobiliga qaratildi», – deydi Toshkent viloyati IIBB YHXB yo‘l nazorati bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Erkin Rahmonberdiyev.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Rahmonberdiyevning ta’kidlashicha, hozirgi kungacha THAY unitar korxonasining 397-yo‘l ta’mirlash bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda M-39 Toshkent–Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining «Yangiyo‘l», «Islohot», «Mirzo Ulug‘bek» mahalla fuqarolari yig‘inlari hududidan o‘tgan 838, 842 va 845-kilometrlariga sun’iy yoritish chiroqlarini o‘rnatildi. Bu chiroqlar birinchi navbatda piyodalar xavfsizligini ta’minlashi qayd etilgan.

Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Avtomobil yo‘llarini yoritish ishlari bosqichma-bosqich, yo‘l-transport hodisalari tahlili asosida amalga oshiriladi. Yo‘llarning yoritilishi esa harakatlanish xavfsizligini ta’minlash ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent—Termiz xalqaro avtomobil yo‘liga sun’iy yoritish chiroqlari o‘rnatildi