20:00 / 18.09.2020
2 319

Tijorat banklari foydasiga undiruv bilan bog‘liq 226 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi

Tijorat banklari foydasiga undiruv bilan bog‘liq 226 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi
Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi organlari tomonidan sud qaroriga asosan kredit qarzdorliklarini undirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Qayd etish kerakki, ;joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Byuroning viloyat boshqarmasi tuman (shahar) bo‘limlari ish yurituvidagi jami 1982 ta 225 mlrd. 988 mln. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi amalda tamomlandi. Shundan, 84 ta 15 mlrd. 761 mln. so‘mlik ijro hujjatlari joriy yilning 1-16 sentabr kunlarida tamomlandi. Jumladan,
• «O‘zsanoatqurilish» bank foydasiga 69 ta 6 milliard 821 million so‘m undirish haqidagi ijro hujjatlaridan 30 ta 2 milliard 296 million so‘mligining ijrosi ta’minlangan;
• TIF «Milliy» bank foydasiga 26 ta 660.3 million so‘mlik;
• «Qishloqqurilish» bank foydasiga 14 ta 837,8 million so‘mlik;
• «Asaka» bank foydasiga 5 ta 1 milliard 164,7 million so‘mlik;
• «Xalq» banki foydasiga 28 ta 2 milliard 281,3 million so‘mlik;
• «Mikrokreditbank» foydasiga 28 ta 2 milliard 682 million so‘mlik;
• «Aloqa» bank foydasiga 5 ta 51,4 million so‘mlik;
• «Sanoatqurilishbank» foydasiga 12 ta 2 milliard 374,7 million so‘mlik;
• «Hamkorbank» foydasiga 15 ta 587,6 million so‘mlik;
• «Agrobank» foydasiga 35 ta 8 milliard 824,5 million so‘mlik;
• «Turon» bank foydasiga 1 ta 80 million so‘mlik;
• «Asiya Alyans» bank foydasiga 2 ta 34, 7 million so‘mlik;
• «Ipoteka» bank foydasiga 5 ta 2 milliard 194,6 million so‘mlik;
• «Universal bank» foydasiga 1 ta 50 million so‘mlik;
• «Savdogar» bank foydasiga 13 ta 237,9 million so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlangan.

Shuningdek, davlat ijrochilari tomonidan o‘tgan 3 yil mobaynida jami 117 ta 28 milliard 116 million so‘mlik garovdagi ko‘chmas mulklar, avtotransport vositalari va boshqa mol-mulklar xatlanib, elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilib, shundan 106 ta 22 milliard 826 million so‘mlik mulklar sotilib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari tegishli tartibda undiruvchi banklarning hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tijorat banklari foydasiga undiruv bilan bog‘liq 226 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari tamomlandi