08:50 / 24.09.2020
2 586

Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan

Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

22 sentabr kuni taxminan soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi A.E. Matiz mashinasini haydab ketayotganida ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan. Matiz suvga tushib ketayotgan paytda u mashinadan tushib qolishga ulgurgan.

Holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 1 ta maxsus, 1 ta yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida avtomashina suvdan olib chiqilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Haydovchi mashinadan tushib qolgan