
Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan Matiz olib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
22 sentabr kuni taxminan soat 14:30 larda Bo‘stonliq tumani Tovoqsoy qo‘rg‘onida yashovchi A.E. Matiz mashinasini haydab ketayotganida ehtiyotsizlik oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Bo‘zsuv kanaliga tushib ketgan. Matiz suvga tushib ketayotgan paytda u mashinadan tushib qolishga ulgurgan.
Holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga kelib tushgan xabarga asosan, qutqaruv ishlariga Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadining 6 nafar xizmatchisi jalb qilingan.
Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 1 ta maxsus, 1 ta yuk ko‘taruvchi avtokran yordamida avtomashina suvdan olib chiqilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar