date

An’anaviy televidenie yana 16 yil “umr ko‘radi”

Rid Gastings / Foto: AP Images

"Netflix" onlayn-videoxizmatining rahbari Rid Gastings "Hollywood Reporter" portaliga bergan intervyusida, teleuzatishning an’anaviy formati yaqin 16 yil ichida butunlay yo‘q bo‘lib ketadi, deb aytdi. Uning so‘zlaricha, o‘z mijozlariga filmlar, serial va teleko‘rsatuvlarni ularning so‘roviga binoan taqdim kiluvchi pullik raqamli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar analogli televidenieni 2030 yilga kelib umuman siqib chiqaradi.

"An’anaviy televidenie xuddi otga o‘xshaydi. Ot avtomobilga ega bo‘lmagunimizcha juda ham yaxshi edi ", - deb ta’kidlab o‘tdi Gastings.

Hozirda "Netflix" xizmatining 54 milliondan ortiq mijozi bor. Bu kompaniya 2014 yilning sentyabridan yana 6 ta Evropa davlatida xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » An’anaviy televidenie yana 16 yil “umr ko‘radi”