
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatdan mazkur viloyatda faoliyat yurituvchi korxonalardan birining nomiga keltirilgan import tovarlari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yuklar orasida yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, og‘irligi 8410 kg bo‘lgan umumiy qiymati 100 million so‘mlik tikuvchilikda foydalaniladigan sintetik ip tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar