22:20 / 24.09.2020
3 466

“Changan”larni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

“Changan”larni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
“Yashirin iqtisodiyot”ning asosiy omillaridan biri tovarlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi, ayirboshlanishi va bojxona hududida harakatlanishidir. Shu munosabat bilan bojxona organlari tomonidan respublikamizda “yashirin iqtisodiyot”ning ulushini qisqartirish va tovarlarning noqonuniy harakatini oldini olish borasida ham bir qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Namangan” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, postga xorijdan olib kelingan 9 ta “Changan” rusumli avtomashinalar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomobillar hujjatlari aslida boshqa modelga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Hozirda umumiy qiymati 1,1 milliard so‘mlik avtomashinalar vaqtincha saqlovga olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Changan”larni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi