Tadbirkor foydasiga 121,4 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirib berildi

Tadbirkor foydasiga 121,4 mln. so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirib berildi
Toshkent Iqtisodiy tumanlararo sudining 24.07.2020 yildagi 4-1001-2004/9085-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor “O`ZBEKISTON SHAMPANI“ AJdan undiruvchi “Print Media” korxonasi foydasiga jami 121 mln. 447 ming so‘m qarz undirish haqidagi ijro ishi mavjud bo‘lib, ijro hujjati bo‘lim davlat ijrochisi J.Rahmatov tomonidan O‘zbekiston RespublikasiSud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

Qarzdor jamiyat qonun talablari asosida berilgan ixtiyoriy muddatda ham undiruvchi korxonaga qarzdorlikni to‘lab bermagan. MIB tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan qarzdorga tegishli barcha (valyuta, maxsus, blok va ikkilamchi) hisob varaqalar, asosiy vositalar ro‘yxati, debit kreditor qarzdorlikni tasdiqlovchi hujjatlar o‘rganilib, unga tegishli mol-mulklarga band solingan. 24.09.2020 yildagi to‘lov topshiriqnomaga asosan qarzdor jamiyatdan undiruvchi korxona foydasiga jami 121 mln. 447 ming so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro ishi yuritish tamomlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar