Prezidentimiz g‘oyasi asosida bundan 3 yil oldin O‘zbekistonga kirib kelgan klaster usuli amalda o‘zini oqlamoqda.
Mamlakatimizdagi qaldirg‘och klaster — «BCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasterida o‘tgan qisqa davr ichida chigit ekishdan tortib, tayyor jinsi liboslari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan texnologik sanoat zanjiri yaratildi.
"Bugun esa zanjirli ishlab chiqarishning eng muhim bo‘lgan oxirgi halqasi ham bog‘landi. Toshkent shahrida dastlabki savdo majmuamiz ochildi. Bu yerda birinchi milliy jinsi brendi «B Jeans» yorlig‘i ostidagi bolalar, ayollar va erkaklar jinsi liboslari taqdim etiladi. Yaqin istiqbolda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi o‘nga yaqin davlatlarning yirik shaharlarida ham mana shunday savdo majmualari faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz.
Bu davlatimiz rahbari tomonidan chetga paxta xom ashyosi emas, tayyor mahsulotlar eksport qilish maqsadida olib borilayotgan islohotlarning bir mevasidir", deydi "BCT Cluster" rahbari, senator Murtazo Rahmatov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"