Foto:«Iiv.uz»
G‘allaorol tumanida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tarkibida qimmatbaho rangli metall parchalari bo‘lishi mumkin bo‘lgan rudani talon-toroj qilish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar fosh etildi.
Jumladan, 1988 yilda tug‘ilgan O‘.Yo.ning turar joyi ko‘zdan kechirilganida, molxonasida bir dona tosh maydalashga mo‘ljallangan tegirmon, ikki dona elektrodvigatel hamda 200 kilogramm tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda borligi aniqlandi.
Shuningdek, 1976 yilda tug‘ilgan S.P.ning molxonasidan ham tosh maydalash tegirmoni, 2 ta elektrodvigatel va 176 kilogramm tarkibida oltin zarralari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda topildi.
1996 yilda tug‘ilgan D.I. esa molxonasida tegirmon, 2 ta elektrodvigatel va 10 kilogramm ruda saqlayotgani aniqlandi. "Lalmikor" mahallasida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan M.Sh.ning molxonasida ham 22 kilogramm ruda borligi ma’lum bo‘ldi.
Barcha qonunbuzarliklarga aloqador ruda va uskunalar hujjatlashtirib olingan. Ushbu holatlar yuzasidan G‘allaorol tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi