15:20 / 07.10.2020
1 773

217 mln. so‘m kredit qarzi o‘z vaqtida undirildi

217 mln. so‘m kredit qarzi o‘z vaqtida undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi 21.08.2020 yildagi 2-150-2003/2352-sonli ijro varaqasi 20.07.2020 yilda 4-1503-2001/221-sonli ijro varaqasiga asosan javobgar YATT T.Aliqulovadan “Hamkorbank” ATB foydasiga 217 mln 262 ming so‘m qarzdorlikni undirishni belgilagan.

Mazkur ijro varaqasi 05.09.2020 yilda Majburiy ijro byurosi Furqat tuman bo‘limi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, bu haqda qarzdor T.Aliqulovaga xabar qilingan hamda unga ijro varaqada ko‘rsatilgan 217,2 mln. so‘m qarzni ixtiyoriy ravishda to‘lab berishi uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat bergan.

Lekin, ha deganda, T.Aliqulova 217,2 mln. so‘mni to‘lab qo‘yish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Shundan so‘ng, davlat ijrochisi yakka tartibdagi tadbirkor T.Aliqulovaning savdo shaxobchasiga tashrif buyurib, savdo do‘koni xatlab olinishi va ochiq onlayn savdo maydonchasi orqali sotib yuborilib, undan tushgan mablag‘lar qarzdorlikka yo‘naltirilishini tushuntirgach, T.Aliqulova 217,2 mln. so‘m qarzini to‘lashni ma’qul ko‘rgan va pul o‘tkazish yo‘li bilan “Hamkorbank” ATB Qo‘qon filialiga o‘tkazib bergan.

Ijro hujjati o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli javobgar YATT T.Aliqulova qo‘shimcha ijro yig‘imi ham to‘lab berishiga to‘g‘ri kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 217 mln. so‘m kredit qarzi o‘z vaqtida undirildi