
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.I. boshqaruvidagi “Renault” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashina kabina qismida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan umumiy qiymati 10,3 million so‘mlik 29 dona parranda qushlar uchun mo‘ljallangan dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar