14:00 / 11.10.2020
2 980

O‘tkir bronxit pnevmoniyadan nimasi bilan farq qiladi?

O‘tkir bronxit pnevmoniyadan nimasi bilan farq qiladi?
Foto: «Domashniy ochag»
O‘xshash alomatlar tufayli pnevmoniyani o‘tkir bronxit bilan adashtirish juda oson. Asosiy farqlardan biri – o‘tkir bronxit bilan kasallangan odam haftalar davomida yo‘taldan qutula olmaydi.

Biroq ushbu kasalliklar orasida bilish kerak bo‘lgan yana bir necha asosiy farqlar mavjud.
Tanada nimalar yuz berayotganini tushunish uchun vaziyat yomonlashmasdan avval shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Bronxit nima?
O‘tkir bronxit – o‘pkaga olib boradigan nafas yo‘llarining yallig‘lanishi. U shamollash yoki gripp kabi virusli infeksiyaning asoratlari sifatida rivojlanishi mumkin.

Ba’zida bronxit patogen bo‘lmagan sabablarga ko‘ra o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. U garchi organizmga shunday ta’sir o‘tkazsa-da, albatta, virusli infeksiya asosiy sabab bo‘lib qoladi. Aytgancha, bu bronxitni davolash uchun antibiotiklarning deyarli foydasizligini anglatadi.

Bronxit alomatlari:
- doimiy yo‘tal (balg‘amli yoki quruq);
- tomoq og‘rig‘i;
- ko‘krak qafasda og‘riq (yo‘tal payti kuchayadi);
- nafas yetishmovchiligi;
- xansirash, notekis nafas olish;
- titroq;
- tanada og‘riq.

O‘tkir bronxit bir hafta ichida o‘z-o‘zidan o‘tib ketishi mumkin. Ammo yo‘tal qoldiq hodisa sifatida ba’zan bir necha hafta yoki hatto oylar mobaynida ham davom etadi.

Agar bemorga bronxit tashxisi qo‘yilgan bo‘lsa, shuningdek, ahvol og‘irlashsa, holat o‘zgarishsiz davom etsa, bunday vaziyatda infeksiya yuqish darajasi ortib boradi. U odatda ikkinchi darajali deb nomlanadi. Bunday holatda har qanday bemor o‘z-o‘zini davolashi xavfli, albatta, shifokor nazorati ostida bo‘lish tavsiya etiladi.

Bronxitni qanday davolash kerak?
O‘tkir bronxitga ko‘pincha virus sabab bo‘ladi, shuning uchun kamdan-kam hollarda antibiotik beriladi. Ular virusga qarshi samarasiz hisoblanib, maslahatsiz iste’mol qilish faqat dori-darmonlarga chidamli bakteriyalarni yetishtirshga yordam beradi.

Ba’zida esa bronxit bakteriyalar tufayli kelib chiqadi va bunday holda shifokorlar antibiotik buyurishi mumkin. Ko‘pincha, o‘tkir bronxitni davolashda tana o‘z-o‘zidan kurashadi va bu vaqt davomadi kasallik alomatlari yengillashib boradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘tkir bronxit pnevmoniyadan nimasi bilan farq qiladi?