18:27 / 13.10.2020
2 088

Farzandining davolanib borishi bilan bog‘liq xarajatlardan qochgan ota 15 sutkaga qamaldi

Farzandining davolanib borishi bilan bog‘liq xarajatlardan qochgan ota 15 sutkaga qamaldi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 01.06.2016 yildagi 1-3391/16-sonli ijro varaqasiga asosan, qarzdor I.Abdullayevdan undiruvchi N.Abdullayevaning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining davolanib borishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar uchun 04.05.2016 yildan boshlab vaziyat o‘zgarguniga qadar har oyda 65.000 so‘mdan aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIB Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘lim ish yurituviga 20.06.2016 yilda kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdorga ijro hujjati talabi tanishtirilgan va aliment pullarini to‘lab borish to‘g‘risida tegishli tartida majburiyatnoma olingan va qarzdor ogohlantirilgan.

Qarzdorning nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash uchun “MIB portal” elektron dasturi orqali tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma xatlari yuborilgan. Biroq, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan. Alimentchi otaning moddiy ta’minotdan bo‘lgan qarzdorligi joriy yilning fevral oyidan boshlab joriy yilning 1 oktabr holatiga hisoblanganda aliment qarzdorligi 5.340.260 so‘mni tashkil etgan.

Qarzdorga aliment qarzdorligi to‘liq tanishtirilib, aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamagan taqdirida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasga asosan ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida ogohlantirilgan. Biroq, qarzdor tomonidan aliment pullarini to‘lab kelmagan.

Qarzdor I.Abdullayev M.Ulug‘bek tuman ma’muriy sudining 05.10.2020 yildagi 3-1001-2002/3504-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farzandining davolanib borishi bilan bog‘liq xarajatlardan qochgan ota 15 sutkaga qamaldi