
O‘zbekistonda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova 13 oktabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirus infeksiyasining eng ko‘p tarqalgan simptomlarini aytib o‘tdi.
Shtab vakilining ma’lum qilishicha, eng ko‘p tarqalgan simptomlardan biri isitma hisoblanadi. Isitma bemorlarning 88 foizida kuzatiladi. Shuningdek, bemorning 68 foizida quruq yo‘tal, 38 foizida lohaslik, 33 foizida yo‘talda balg‘am ajralishi, 18 foizida nafas qisishi, 14 foizida tomoq og‘rishi, 14 foizida bosh og‘rig‘i, 14 foizida mushaklarda og‘riq va 11 foizida qaltirash kuzatiladi.
Kamdan-kam holatlarda ko‘ngil aynishi va qusish (5 foiz), burun bitishi (5 foiz) va diareya (4 foiz) kuzatiladi. Tumov COVID-19’ning alomati hisoblanmaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar