Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaratishga keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, banklar tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar taqdim etib kelinmoqda. Mazkur olingan kredit pullarini o‘z vaqtida qaytarib borish banklar samaradorligini yanada mustahkamlaydi.
Biroq, berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmay o‘z vaqtida kredit pullarini so‘ndirmaslik xolatlari ham uchrab turibdi. Misol uchun, MIB Oqoltin tuman bo‘limi ish yurituvida FIB Oqoltin tumanlararo sudining 29.07.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Abbos Uzoqovich” MCHJdan undiruvchi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Sirdaryo mintaqaviy filiali foydasiga jami 59 mln. 377 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 29.07.2020 yilda kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Mazkur ijro ishi yuritish bo‘yicha qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsada, ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy bajarmagan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida, ijro hujjati bilan undiruvga qaratilgan va garov mulki bo‘lgan M.Mamatqulovaga tegishli bo‘lgan, 2015 yilda ishlab chiqarilgan, rangi serebristiy (kulrang), GM UZ/GENTRA rusumli avtotransport vositasi 15.10.2020 yilda qarzdorlikni qoplash maqsadida “Ye-IJRO ” onlayn savdo maydonchasiga sotuvga chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi