22:22 / 20.10.2020
2 083

Ma’muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxsga hukm o‘qildi

Ma’muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxsga hukm o‘qildi
2020 yil 7 oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Karmana tumani sudi raisi J.Karimov boshchiligida o‘tkazilgan ochiq sayyor sud majlisida M.Mardonov ga (ism-sharifi o‘zgartirilgan) nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Ish tafsilotlariga ko‘ra, M.Mardonov muqaddam o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganligi uchun 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqandi. M.Mardonovga kelgusida jinoyat sodir etmasligini oldini olish maqsadida Karmana tumani IIB boshlig‘ining taqdimnomasiga asosan JIB Karmana tumani sudining 24.02.2020 yildagi qarori bilan 6 oy muddatga ma’muriy nazorat o‘rnatilgan bo‘lsada, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan ko‘rinadi.

U ma’muriy nazorat qoidalarini qasddan buzganligi uchun 27.07.2020 yilda Karmana tumani ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 206-moddasida ko‘rsatilgan xuquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, 111.500 so‘m miqdorda jarima jazosi qo‘llanilganidan keyin ham jamiyatga zid turmush tarzini o‘zgartirmasdan, davom ettirib, kech soat 22:00 dan soat 06:00 ga qadar yashash xonadonidan chiqib ketmasligi xaqidagi cheklov (ta’qiq) ni buzib, o‘zining muqim yashash manzilida istiqomat qilmasdan, biror-bir ogohlantirishsiz, yashash manzilini o‘zboshimchalik tashlab ketib, ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, boshqa bir manzilda yashab kelib, ma’muriy nazorat qoidalarini qasddan buzib kelganligi 2020 yilning 10 avgust kuni tuman IIB HPB xodimlari tomonidan aniqlanadi.

Sudda, K.Namozov aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan pushaymondaligi, shaxsi, oilaviy sharoiti, 2 nafar farzandi borligi, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlari inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi JK 226-moddasi 2-qismining “a” bandi bilan 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jahongir Karimov, jinoyat ishlari bo‘yicha
Karmana tuman sudi raisi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ma’muriy nazorat qoidalarini buzgan shaxsga hukm o‘qildi