Shifokor qabuliga yozilish uchun qulay vaqt ajratish, darsdan yoki ishdan ruxsat olish, poliklinikaga borish, mutaxassis tanlash va qulay vaqt uchun talon olish kerak bo‘ladi. Ushbu jarayon ko‘p vaqt va kuch sarflashni talab qiladi. Shu sababli aksariyat odamlar malakali mutaxassislardan yordam so‘rashni orqaga cho‘zib kelaveradilar, bu esa salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu jarayonni tarixga aylantirish mumkin! Endi shifokor qabuliga kirish uchun navbatda turishning hojati yo‘q. Buning uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan internet tarmog‘i orqali yagona ro‘yxatdan o‘tish va shifokor qabuliga yozilish imkoniyatini beruvchi «Elektron poliklinika» tizimi ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Ya’ni https://reg.minzdrav.uz/ sayti orqali shifokor qabuliga onlayn yozilish imkoniyati mavjud.
Ushbu tizim yordamida fuqarolar o‘zlari uchun qulay vaqtda, uydan chiqmagan holda shifokor qabuliga yozilishlari, shifokor va muassasa haqida ma’lumotlar olishlari, shuningdek, olingan tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari mumkin bo‘ladi. Poliklinikalar uchun ushbu tizimning afzalliklari – ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish, oilaviy poliklinikalarda yagona elektron ambulatoriya tibbiy kartasini yuritish imkoniyatidir.
Bugungi kunda «Elektron poliklinika» axborot tizimiga Toshkent shahri va viloyatlardagi ko‘plab oilaviy poliklinikalar ulangan bo‘lib, butun respublika hududi bo‘ylab poliklinikalarni tizimga ulash ishlari davom ettirib kelinmoqda.
Vaqtingizni tejang, navbat kutib o‘tirmang, https://reg.minzdrav.uz/ veb-sayti orqali poliklinikangizdagi shifokor qabuliga onlayn tarzda yoziling. Salomatligingiz o‘z qo‘lingizda! “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi