date
views 2 056

«Volvo»dagi televizor rejasi ish bermadi

«Volvo»dagi televizor rejasi ish bermadi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqaro B.X boshqaruvidagi «Volvo» rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida hech qanday hujjatlari va maxsus identifikatsion belgili markirovkalari bo‘lmagan, umumiy qiymati 63,5 million so‘mlik 37 dona televizor borligi aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Volvo»dagi televizor rejasi ish bermadi